Buyuk Britaniya bosh vaziri ustidan moliyaviy tergov boshlandi


Britaniya parlamenti bosh vazir Rishi Sunak ustidan moliyaviy deklaratsiya yuzasidan tergov boshlanganini e’lon qildi. Bu haqda parlament matbuot xizmatiga asoslanib Sky News xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, Buyuk Britaniyaning barcha parlamentariylari olingan barcha sovg‘alar, badallar va xayriyalarni deklaratsiyalar reyestrida ro‘yxatdan o‘tkazishlari shart.
Parlament veb-saytida aytilishicha, Sunak bo‘yicha tergov 13 aprel kuni boshlangan.
Na parlamentning o‘zi, na ommaviy axborot vositalari tergovning boshlanishi sababini aytmaydi, aniq tafsilotlar ham keltirilmagan.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













