Turkmanistonda Qoraqum kanalidan 100 mln kub metr suv qumga sizib ketdi

Turkmanistonda Qoraqum kanalidan 100 mln kub metr suv qumga sizib ketdi
Turkmanistonda Qoraqum kanalidan 100 mln kub metr suv qumga sizib ketdi
Foto: hronikatm.com
2023 yil yanvar-fevral oylarida Turkmanistondagi Qoraqum kanalining yorilishi tufayli kamida 100 million kub metr suv qumga sizib ketgan. Sun’iy yo‘ldosh tasvirlarini o‘rgangan «Meteojurnal» shunday xulosaga keldi.
 
Qishda g‘ayritabiiy sovuq ob-havo sharoiti tufayli Qoraqum kanali muzlab qolgan. So‘ngra uning ikkita joyida muz tiqilishi yuz bergan. 17-20 yanvar oralig‘ida kanal yorilgan. Jurnalistlar hisob-kitobiga ko‘ra, 20 kun davomida 100 million kub metr suv qumga singib ketgan.
Turkmanistonda Qoraqum kanalidan 100 mln kub metr suv qumga sizib ketdi
Foto: meteojurnal.ru
Turkmanistonda Qoraqum kanalidan 100 mln kub metr suv qumga sizib ketdi
Foto: meteojurnal.ru
Tadqiqotchilarning fikriga ko‘ra, agar hodisa yozning jaziramasida yuz berganida ziyon bundan ham katta bo‘lar edi.
 
Turkmaniston hukumati yoriqni to‘sish uchun 11 fevralda dambani qurib bitkazgan.
 
Mamlakatda kanaldagi hodisa rasmiy ravishda e’lon qilinmagan. Faqat 23 yanvar kuni bo‘lib o‘tgan hukumat yig‘ilishida prezident Serdar Berdimuhamedov Marv va Lebop viloyatlari hokimlariga daryolarda normal suv oqimini ta’minlash bo‘yicha ko‘rsatma bergan.
 
Qoraqum kanali Amudaryodan suv oladi va samaradorligi odatda past deb baholanadi. Afg‘onistonda qurilishi rejalashtirilgan Qo‘shtepa kanali muhokama qilinayotganda u salbiy misol sifatida keltiriladi. Qayd etilishicha, Qoraqum kanalida bo‘lgani kabi, suvning katta qismi qumli tuprog‘ga singib ketishi mumkin. Agar Qo‘shtepa kanali qurilsa, Turkmaniston va O‘zbekiston Amurdaryo suvining 15 foizidan mahrum bo‘lishi mumkin.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.