Zelenskiy eronliklarga Rossiyaga berilgan dronlar bo‘yicha murojaat qildi

Zelenskiy eronliklarga Rossiyaga berilgan dronlar bo‘yicha murojaat qildi
Zelenskiy eronliklarga Rossiyaga berilgan dronlar bo‘yicha murojaat qildi
Foto: president.gov.ua
Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy Eron xalqiga mamlakat hukumati tomonidan Rossiyaga hujumkor dronlar yetkazib berilishi yuzasidan murojaat qildi.
 
\"Men to‘g‘ridan to‘g‘ri Eron xalqiga murojaat qilmoqchiman. Hammaga - jamiyatga, Eron ulamolariga, har bir eronlik oilaga, Erondagi hukumat qarorlariga ta’sir o‘tkaza oladigan odamlarga. Oddiy savol: nima uchun siz Rossiya terrorining sheriklari bo‘lishingiz kerak? Nega yovuz davlat tomonidasiz? Dunyo nima bo‘layotganini ko‘rib turibdi, siz ham Eronda hammasini ko‘ryapsiz. Yovuzlik qo‘llab-quvvatlanayotganini inkor etib bo‘lmaydi\", — dedi Zelenskiy.
 
Uning so‘zlariga ko‘ra, jami Rossiya armiyasi Ukraina bo‘ylab 1160 ga yaqin Eronning \"Shahed\" dronlarini uchirgan, ulardan 900 tasi urib tushirilgan.
 
\"Sizning \"Shahed\"laringiz har kecha Ukrainani qo‘rqitish bilan Eron xalqi tarixning qorong‘i tomoniga borgan sari kirib borayotganini anglatadi\", dedi Zelenskiy va Eronni \"yovuzlik bilan emas, tarixning narigi tomonida bo‘lishga\" chaqirdi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.