Kaliforniyalik bloger itiga ikki qavatli uy qurib berish uchun 20 ming dollar sarfladi (foto)

Kaliforniyalik bloger itiga ikki qavatli uy qurib berish uchun 20 ming dollar sarfladi (foto)
\"\"
Foto: Lifehacker 

Kaliforniyalik bloger Brent Rivera Charli laqabli itiga ikki qavatli uy qurib berdi. Uy hayvonining tug‘ilgan kuni uchun tayyorlangan sovg‘aga 20 ming dollar sarflangan.

25 yoshli yigitning so‘zlariga ko‘ra, u hamma ishni do‘sti bilan qilgan. Ular kerakli materiallarni uyiga eng yaqin qurilish gipermarketidan sotib olgan. Bloger uyni qurish jarayonini o‘zining YouTube kanalida translyatsiya qilgan.

\"\"
Foto: Lifehacker 

Uyda mehmonxona va inson bo‘yi balandligida shiftli yotoqxona mavjud. Xonalarga haqiqiy jihozlar o‘rnatilgan, uyning ichida uxlash uchun karavot, divan, yumshoq kreslo, yostiqlar, kichkina kofe stoli, uyg‘otuvchi soat bor.

\"\"
Foto: Lifehacker 

Bloger hattoki sevimli uy hayvonining xonasini kichkina muzlatkich va televizor bilan jihozlagan. Televizorda faqat olmaxonlar haqidagi videolar namoyish etiladi.

\"\"
Foto: Lifehacker 

Rivera avvalgi itining o‘limidan sal oldin Charlini asrab olgan. Deyarli bir yil davomida Charli blogerning eng yaxshi do‘stiga aylandi, shuning uchun u itining birinchi tug‘ilgan kuniga o‘zgacha nimadir sovg‘a qilishni xohlagan.  

\"\"
Foto: Lifehacker 
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.