Putin: “Aniq aytish mumkinki, Ukrainaning hujumi boshlandi”

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Ukraina harbiy kuchlari qarshi hujumni boshlaganini aytib o‘tdi.
“Askarlarimizning jasorati va qo‘shinlarning to‘g‘ri tashkil etilishi tufayli Ukraina qo‘shinlari hech qanday sektorda o‘z maqsadlariga erisha olmadi.
Hali zamonaviy qurollar yetarli emas, ammo mudofaa sanoati jadal rivojlanmoqda va mudofaa sanoati oldiga qo‘yilgan barcha vazifalar bajariladi.
So‘nggi bir necha kun ichida biz Ukrainada katta yo‘qotishlarni ko‘rdik, ular “klassik ko‘rsatkich”dan oshib ketdi. Aytish mumkinki, hozirgacha qilingan barcha qarshi hujum urinishlari muvaffaqiyatsizlikka uchradi, ammo Ukraina Qurolli kuchlarining hujum salohiyati hali ham saqlanib qolgan”, — dedi Putin.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













