Ozarbayjonning uch tumani armanlar tomonidan o‘qqa tutildi

Ozarbayjonning uch tumani armanlar tomonidan o‘qqa tutildi
Ozarbayjonning uch tumani armanlar tomonidan o‘qqa tutildi
Ozarbayjon Mudofaa vazirligi juma kuni respublika qurolli kuchlarining Naxchivon muxtor respublikasining Sadarak tumani, shuningdek, Gadabay va Shushi tumanlari yo‘nalishidagi pozitsiyalari muntazam ravishda o‘qqa tutilgani haqida ma’lum qildi.
 
Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, Naxchivan muxtoriyati hududi 16 iyun kuni ertalab Vedi tumanining Arazdyayyan aholi punkti yo‘nalishidan o‘qqa tutilgan.
 
Bundan tashqari, jumaga o‘tar kechasi Armaniston qurolli kuchlari Gadabay tumanidagi Galakend aholi punkti yo‘nalishida o‘q uzilgan.
 
Ozarbayjon qurolli kuchlarining Shusha viloyati yo‘nalishidagi pozitsiyalari ham o‘qqa tutilgani xabar qilindi.
 
Ozarbayjon armiyasi bo‘linmalari barcha ko‘rsatilgan yo‘nalishlar bo‘yicha tegishli javob choralarini ko‘rganini xabar bermoqda.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.