Pokistonda poyezd halokatida 30 kishi qurbon bo‘ldi

Pokistonda poyezd halokatida 30 kishi qurbon bo‘ldi

Pokistondagi poyezd halokati oqibatida qurbon va jarohatlanganlar orasida O‘zbekiston fuqarolari yo‘q. Bu haqda \"Dunyo\" AA O‘zbekistonning mamlakatdagi elchixonasi ma’lumotlariga tayangan holda xabar bermoqda.

“Pokistondagi temir yo‘l halokati oqibatida halok bo‘lganlar va jarohatlanganlar orasida mamlakatimiz fuqarolari yo‘q. Vaziyat diplomatlarimiz nazorati ostida”, - deyilgan xabarda.

Kecha Pokiston janubida yo‘lovchi poyezdi halokatgauchragan edi. Pokistonning Sind provinsiyasi, Karachidan 275 kilometr uzoqlikdagi Navabshoh shahri yaqinida 10 ta vagon relsdan chiqib ketgan. Buning oqibatida 30 kishi halok bo‘lgan, 80 kishi jarohat olgan.Poyezd halokatiga nima sabab bo‘lgani noma’lum.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.