Vengriyaning Ukraina bo‘yicha shov-shuvli bayonoti: “Rossiyaga xavfsizlik kafolati bering”

Vengriyaning Ukraina bo‘yicha shov-shuvli bayonoti: “Rossiyaga xavfsizlik kafolati bering”

Foto: ORIGO

Vengriya yana bir bor Ukrainani NATOga qabul qilmaslik borasida shov-shuvli bayonot berdi. Bu haqda Hirado xabar berdi.

Tegishli bayonot Vengriya bosh vaziri kanselyariyasi rahbari Gergeliy Gulyash tomonidan e’lon qilingan.

“Ukrainani qo‘llab-quvvatlayotgan G‘arb dunyosi Rossiyaga xavfsizlik kafolatlarini berishi kerak, biroq ukrainaliklar hech qanday holatda NATO a’zoligiga qabul qilinmasligi kerak”, — dedi u.

Vengriya rasmiysiga ko‘ra, tinchlikparvar kuchlarning kiritilishi va boshqa shunga o‘xshash qarorlar uzoq muddatda Ukrainada tinchlikni ta’minlay oladi. U Ukraina endi Rossiya tomonidan bosib olingan hududlarni qaytarib olmasligini aytdi.

Bundan tashqari, Gulyash Ukraina va Rossiya o‘rtasida samarali muzokaralar faqat AQSH ishtirokida bo‘lishi mumkinligini bildirdi. U Rossiya Markaziy Yevropaga tahdid solmasligi, chunki Rossiya so‘nggi bir yarim yil ichida Ukrainada “tez va ajoyib natijalarga erisha olmagani”ni qayd etdi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.