Amerikalik juftlik lotereyada 536 mln dollar yutib oldi

Amerikalik juftlik lotereyada 536 mln dollar yutib oldi
Amerikalik juftlik lotereyada 536 mln dollar yutib oldi

AQShning Indianapolis shahrida istiqomat qiluvchi oilaviy juftlik Mega Millions lotereyasida birinchi marta ishtirok etib, 536 million dollar yutib oldi. Bu haqda, «Korrespondent.net»ga asoslanib, «Daryo» xabar bermoqda.

Er-xotin o‘z ismlarini oshkor etmaslikka qaror qildi. Ularning maktab yoshidagi ikki bolasi borligi ma’lum. Bolalar o‘sha maktabga borishda davom etadi, juftlik ham eski ishini tashlamaydi. Ular o‘z do‘stlari va yaqinlarini yo‘qotishni istamayapti.

Baxtli chiptani juftlik 8 iyul kuni sotib olgan edi. Ular yutuqni nimaga sarflamoqchi ekani hozircha ma’lum emas.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.