AQSH urush boshidan beri Ukrainaga qancha pul bergani ochiqlandi

AQSH urush boshidan beri Ukrainaga qancha pul bergani ochiqlandi

AQSH Mudofaa vaziri Lloyd Ostinning ma’lum qilishicha, urush boshidan beri Qo‘shma Shtatlar rasmiy Kiyevga yordam berish uchun 80 milliard dollardan ortiq mablag‘ ajratgan.

Uning so‘zlarini RIA «Novosti» iqtibos keltirmoqda.

«Tarixiy aloqa guruhi Ukrainaga mudofaa yordami uchun 80 milliard dollardan ortiq mablag‘ ajratdi», degan Pentagon rahbari.

Eslatib o‘tamiz, Rossiya Ukrainaga hujum qilgach, AQSH asosiy donor-mamlakat bo‘lib qolmoqda. Shuningdek, Buyuk Britaniya, Yevropa Ittifoqi davlatlari va Yaponiya ham Ukrainaga yordam ko‘rsatmoqda.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.