Indoneziyadagi Ternate oroligadi aeroport vulqondan otilayotgan kul sababli yopildi


Indoneziya hukumati Ternate orolidagi sulton Babulla aeroportini Gamalama vulqonidan otilayotgan kul sabab yopishga majbur bo‘ldi, “Sinxua” agentligining ma’lumotiga tayanib, xabar beradi “Kun”.
Vulqondagi ushbu holat tong saharda kuzatilgan va natijada hukumat ushbu chorani qo‘llashga majbur bo‘lgan.
Mamlakat tabiiy ofatga qarshi kurashish agentligi vakilining so‘zlariga ko‘ra, vulqondan 600 metr balandlikda kul otilgan.
Ma’lumot uchun, Gamalama Indoneziyada joylashgan harakatdagi 29ta vulqondan biri hisoblanadi.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













