Kamala Xarris: AQSH falastinliklarni majburiy ko‘chirilishiga yo‘l qo‘ymaydi

Kamala Xarris: AQSH falastinliklarni majburiy ko‘chirilishiga yo‘l qo‘ymaydi

Foto: Reuters

AQSH vitse-prezidenti Kamala Xarris «Qo‘shma Shtatlar hech qanday sharoitda falastinliklarni G‘azo yoki G‘arbiy Sohildan majburan olib chiqilishiga, G‘azoni qamal qilinishiga yoki G‘azo chegaralarini o‘zgartirilishiga yo‘l qo‘ymaydi», dedi.

Bu haqda u Misr prezidenti Abdulfattoh as-Sisiy bilan uchrashuv chog‘ida ma’lum qildi. Xarris G‘azodan Amerika fuqarolarini evakuatsiya qilish harakatlari uchun Misrga minnatdorchilik bildirdi.

COP28 iqlim sammiti doirasida Dubayda bo‘lib o‘tgan uchrashuvda Xarris tinchlik sa’y-harakatlari «falastin xalqining qayta tiklangan Falastin ma’muriyati ostida o‘z davlatini barpo etishi uchun aniq siyosiy istiqbol kontekstida amalga oshirilsagina muvaffaqiyat qozonishi mumkinligini aytdi».

Vitse-prezident HAMAS G‘azoni nazorat qila olmasligini va AQSH G‘azodagi barcha garovga olinganlarni ozod qilish uchun «tinimsiz ta’qib»ni davom ettirishini ma’lum qildi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.