Tailandda yuz bergan YTH natijasida 6 kishi halok bo‘ldi

Tailandda yuz bergan YTH natijasida 6 kishi halok bo‘ldi
Tailandda yuz bergan YTH natijasida 6 kishi halok bo‘ldi

Tailandning shimoli-sharqidagi Nakxonratchasima muzofotida avtobusning yuk mashinasi bilan to‘qnashib ketishi oqibatida olti kishi halok bo‘ldi, 30 kishi esa jabrlandi. Bu haqda Thai PBS telekompaniyasi manbasiga tayanib “Kun” xabar beradi.

Avtobus haydovchisi yomg‘ir tufayli sirpanchiqqa aylangan yo‘lda boshqaruvni yo‘qotgan. Natijada avtobus qarama-qarshi yo‘lakka chiqib ketgan va yuqori tezlikda kelayotgan yuk mashinasiga borib urilgan.

Ikkala transport haydovchisi ham halok bo‘lgan. Barcha jabrlanganlar shifoxonaga yotqizilgan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Izzat
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.