Afg‘onistonda ikkita portlash ro‘y berdi


Afg‘oniston sharqidagi Paktiya viloyatida ro‘y bergan ikkita portlash oqibatida o‘n kishi halok bo‘ldi, deb “TASS” xabar beradi.
Mahalliy hokimiyatning rasmiy vakili ma’lum qilishicha, katta yo‘lga o‘rnatilgan mina bir oilaning besh a’zosi ketayotgan mashinani havoga uchirgan. Natijada, mashinada bo‘lganlarning hammasi halok bo‘lishgan. Oradan biroz vaqt o‘tib yana shu yo‘lda besh kishi portlovchi uskunaning traktor ostida portlashi oqibatid halok bo‘lgan. Bu ikki portlash ham Chamkani tumanid ro‘y berdi.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













