Eronda gaz quvurining portlashi oqibatida 1 kishi halok bo‘ldi


Eron janubidagi Bushir viloyatining Genav port shahrida gaz quvurining portlashi oqibatida 1 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda “Sinxu” agentligi asosida “TASS” xabar beradi.
Shuningdek, portlash natijasida uch kishi jiddiy jarohat olgan. Jarohat olganlar mahalliy kasalxonaga etkazilgan. Ularning birin holati yomonligi ma’lum qilinmoqda. Voqeaga nima sabab bo‘lganligi aniqlanganicha yo‘q.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













