Sayohat qilish uchun eng xavfli va xavfsiz bo‘lgan davlatlar e’lon qilindi

Sayohat qilish uchun eng xavfli va xavfsiz bo‘lgan davlatlar e’lon qilindi

Xavflarni baholash bo‘yicha International SOS firmasi xavfli va xavfsiz mamlakatlar borasida tadqiqotini e’lon qildi. Natijalar interaktiv xaritada taqdim etildi.

Sayohat qilish uchun eng xavfli va xavfsiz bo‘lgan davlatlar e’lon qilindi

Xaritada yashil — xavfsiz, sariq — xavf darajasi past, to‘q sariq — o‘rtacha, qizil — xavfli, to‘q qizil — o‘ta xavfli davlatlar sirasiga kiradi. Shunday qilib, 2024 yilda sayohat qilish uchun eng xavfsiz davlatlar qatoridan Islandiya, Grenlandiya, Norvegiya, Finlyandiya, Daniya, Luksemburg, Shveysariya va Sloveniya joy oldi.

Xavfli davlatlar qatoriga Janubiy Sudan, Markaziy Afrika Respublikasi, Somali, Liviya, Yaman, Suriya, Iroq, Afg‘oniston va Ukraina kirdi. Markaziy Osiyo davlatlari orasida faqat O‘zbekiston sayohat qilishda xavf darajasi past bo‘lgan davlatga kirdi, Qozog‘iston, Tojikiston, Turkmaniston, Qirg‘iziston xavf darajasi o‘rtacha bo‘lgan mamlakatlar deb topildi.

Buni aniqlashda mamlakatlarning xavfsizlik darajasi, ijtimoiy tartibsizliklar, katta va kichik jinoyatlar inobatga olindi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.