Tokio aeroportiga qo‘nishda yo‘lovchi samolyot yonib ketdi

Tokio aeroportiga qo‘nishda yo‘lovchi samolyot yonib ketdi
Tokio aeroportiga qo‘nishda yo‘lovchi samolyot yonib ketdi
Foto: Reuters
Tokiodagi «Haneda» aeroportida Japan Airlines aviakompaniyasi samolyoti yonib ketdi.
 
NHK telekanali e’lon qilgan kadrlarda yo‘lovchilar samolyotdan damlama trapga sakrab, qanday qutulayotgani aks etganini ko‘rish mumkin.
 
Japan Airlines aviakompaniyasi xabariga ko‘ra, bortda bo‘lgan 367 yo‘lovchi va ekipajning 12 a’zosi evakuatsiya qilingan.
 
Kadrlarda layner butkul alanga ichida qolganini ko‘rish mumkin. Samolyot amalda to‘liq yonib ketgan.
Yong‘in sabablari ma’lum emas, ammo Reuters agentligi va NHK xabariga ko‘ra, Japan Airlines reysi aeroportga qo‘nish chog‘ida Yaponiya sohil qo‘riqlash xizmati transport samolyotiga urilib ketgan.
Tokio aeroportiga qo‘nishda yo‘lovchi samolyot yonib ketdi
Transport samolyoti ekipaji a’zolari bo‘lgan besh kishi halok bo‘lgan, yana bir kishi og‘ir ahvolda shifoxonaga yotqizilgan.
 
Yaponiya Yer, infratuzilmalar, transport va turizm vazirligi tekshiruv o‘tkazilayotgani haqida xabar bergan.
Tokio aeroportiga qo‘nishda yo‘lovchi samolyot yonib ketdi
Yonib ketgan samolyot — Airbus A350 2021 yilda ishlab chiqarilgan. Bu Hokkaydo orolidagi «Sin-Titose» aeroportidan uchib kelgan JAL516 reysi bo‘lgan.
Tokio aeroportiga qo‘nishda yo‘lovchi samolyot yonib ketdi
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.