Pentagon rahbari Lloyd Ostin kasalxonaga yotqizildi

Pentagon rahbari Lloyd Ostin kasalxonaga yotqizildi
Pentagon rahbari Lloyd Ostin kasalxonaga yotqizildi
Foto: AP Photo
AQSH Mudofaa vaziri Lloyd Ostin tibbiy muolajadan keyin yuzaga kelgan asoratlar tufayli kasalxonaga yotqizildi, dedi Pentagon matbuot kotibi Patrik Rayder.
 
Ostin 1 yanvar kuni “odatiy tibbiy muolaja”dan kelib chiqqan asoratlar tufayli kasalxonaga yotqizilgan. Boshqa tafsilotlar keltirilmagan, vazirning o‘zi vaziyatga izoh bermagan.
 
“U tuzalmoqda va bugun to‘liq vazifalariga qaytishi kutilmoqda”, — deyiladi 5 yanvardagi xabarda.
 
2022 yil avgust oyida Ostin koronavirus bilan kasallangan edi. U COVID-19 uchun test natijalari musbat chiqqani haqida xabar bergan va besh kun davomida uyda qolishini qo‘shimcha qilgan.
 
70 yoshli Ostin 2021 yilning yanvarida Pentagon rahbari lavozimini egallagan edi. U mamlakat harbiy vazirligini boshqargan birinchi afroamerikalik bo‘ldi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.