O‘zbekistonlik 120 nafar ishchi «Hayraton – Mozori Sharif» temiryo‘lini ta’mirlashda ko‘maklashadi

O‘zbekistonlik 120 nafar ishchi «Hayraton – Mozori Sharif» temiryo‘lini ta’mirlashda ko‘maklashadi
Joriy yilning 21 fevral kuni «Hayraton stansiyasida «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ hamda Afg‘oniston temir yo‘l boshqarmasi vakillari ishtirokida «Hayraton – Mozori Sharif» temir yo‘l liniyasini qayta tiklash va ta’mirlash ishlariga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi.
O‘zbekistonlik 120 nafar ishchi «Hayraton – Mozori Sharif» temiryo‘lini ta’mirlashda ko‘maklashadi
Tomonlarning kelishuviga asosan, tiklash ishlari bosqichma-bosqich amalga oshirilishi rejalashtirilgan bo‘lib, «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ tomonidan birinchi bosqich uchun 120 nafar ishchi xodim safarbar qilindi.
O‘zbekistonlik 120 nafar ishchi «Hayraton – Mozori Sharif» temiryo‘lini ta’mirlashda ko‘maklashadi
Birinchi bosqichda yuk vagonlarini qisqa muddatda «Naibobod» stansiyasiga yetkazib berish ko‘zda tutilgan. Ushbu maqsadda «Hayraton» stansiyasining «B» parkida hamda temir yo‘l infrastrukturasining 57 km bo‘lgan hududlarida to‘liq tiklash ishlari parallel ravishda tashkil etiladi.
O‘zbekistonlik 120 nafar ishchi «Hayraton – Mozori Sharif» temiryo‘lini ta’mirlashda ko‘maklashadi
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.