Yaponiyada tirannozavrlar poygasi ommalashib bormoqda (video)

Yaponiyada tirannozavrlar poygasi ommalashib bormoqda (video)
Foto: The smartlocal Japan
Yaponiya davlati g‘ayrioddiy konkurslar va musobaqalar bilan mashhur. Masalan, so‘nggi yillarda tirannozavrlar poygasi mamlakatda ommalashib bormoqda: ishtirokchilar puflanadigan tirannozavr reks kostyumini kiyib, poygada qatnashadi. So‘nggi ikki yil ichida Yaponiyada 40 dan ortiq shunday poygalar o‘tkazildi.

Tirannozavrlar poygasi 2019 yilda AQSHda paydo bo‘lgan. Vashingtonning Obern shahrida o‘nlab odamlar tirannozavr kiyimida Emerald Downs poyga yo‘lagiga yig‘ilgan. O‘sha kundan boshlab ijtimoiy tarmoqlarda trend bo‘lib kelayotgan quvnoq poyga boshqa davlatlarda ham o‘tkazila boshlandi.
Yaponiyada tirannozavrlar poygasi ommalashib bormoqda (video)
Foto: Emerald Downs
Jumladan, 2023 yil yanvar oyida Yaponiyaning Futsu shahrida ana shunday poyga bo‘lib o‘tdi. U yerda 60 nafar ishtirokchi yoshga qarab uch toifaga bo‘lindi. Musobaqada hatto bolalar ham qatnashdi.
Yaponiyada tirannozavrlar poygasi ommalashib bormoqda (video)
Foto: Time Out
O‘tgan yilning aprel oyida bo‘lib o‘tgan poygada esa 200 dan ortiq “tirannozavrlar” jalb etildi. Ba’zi ishtirokchilar ta’kidlashicha, bunday yugurish ularga stressdan xalos bo‘lishga va kundalik hayotdan chalg‘ishga yordam beradi.

Poygada qatnashish uchun ro‘yxatdan o‘tish va kostyum sotib olish kifoya. Musobaqa tobora mashhur bo‘lib borayotgani tufayli Yaponiyada puflanadigan tirannozavrlar kiyimi savdosi keskin oshib bormoqda.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.