Rossiyaning Su-25SM samolyotlari Qirg‘izistonda jangovar o‘quv amaliyoti o‘tkazdi


Rossiyaning Qirg‘izistondagi \"Kant\" birlashgan harbiy bazasi Su-25SM hujumchi samolyotlari ushbu respublikadagi shartli \"jinoiy guruhlar\"ni yo‘q qildi, deb xabar qilmoqda Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati.
\"Su-25SM hujumchi samolyotlari ekipajlari tun vaqtida, yirik nishonlar, \"Edelveys\" tog‘li poligonidagi niqoblangan inshootlarga zarba berishda \"havo – er\" rusumidagi raketalardan foydalanishdi\", — deyiladi xabarda.
Rossiya mudofaa vazirligiga ko‘ra, parvozlar past balandliklarda qiyin relefli hududlarda \"GLONASS\" navigasiyasi yordamida amalga oshirilmoqda.
Manba: Kun.uz
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













