Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi

Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
Foto: Getty Images
Checheniston rahbari Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi Tabarik Qodirova “Checheniston Respublikasi oldidagi xizmatlari uchun” medali bilan taqdirlandi. Bu haqda Grozniy meriyasi saytida xabar berildi.

“Irs Group” kompaniyasi asoschisi sifatida Tabarik Ramzanovna o‘ziga ishonib topshirilgan sohada yuqori natijalarga intilib, tashabbuskor va samarali rahbar ekanligini isbotladi, — deyiladi xabarda.

Hokimiyatning qo‘shimcha qilishicha, Tabarik Qodirova rahbarligida Chechenistonda tadbirkorlikni rivojlantirish va mintaqaning sarmoyaviy jozibadorligini oshirish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda.

Fevral oyida Checheniston rahbarining qizi Xadijat Qodirova ma’muriyat rahbarining ijtimoiy blok bilan hamkorlik bo‘yicha birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlangan edi. Qodirovning to‘ng‘ich o‘g‘li Axmat “Qodirov” ordeni bilan taqdirlangan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.