Gurbanguli Berdimuhamedov: Turkmanistonda maydon va ko‘chalarga Islom Karimov nomi beriladi

Gurbanguli Berdimuhamedov: Turkmanistonda maydon va ko‘chalarga Islom Karimov nomi beriladi
Gurbanguli Berdimuhamedov: Turkmanistonda maydon va ko‘chalarga Islom Karimov nomi beriladi

Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimov bilan vidolashuv marosimida ishtirok etdi va nutq so‘zladi. Bu haqda «O‘zA»ga asoslanib «Daryo» nashri xabar bermoqda.

«Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov tom ma’nodagi vatanparvar inson va buyuk davlat arbobi, dono siyosatchi Islom Karimovning barcha tashabbuslari xalqaro maydonda qo‘llab-quvvatlanganini, Turkmanistonda yoshu qari u kishini chin dildan hurmat qilishini ta’kidladi», – deyiladi O‘zA axborotida.

Gurbanguli Berdimuhamedov O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti Turkmaniston – O‘zbekiston hamkorligini izchil rivojlantirishga katta hissa qo‘shganini qayd etib, Turkmanistonda maydon va ko‘chalarga Islom Karimov nomi berilishini ma’lum qildi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.