Moskvada Islom Karimovga haykal o‘rnatilishi mumkin

Moskvada Islom Karimovga haykal o‘rnatilishi mumkin
Moskvada Islom Karimovga haykal o‘rnatilishi mumkin

Moskva shahri hokimiyati O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimovga haykal qo‘yish haqidagi masalani ko‘rib chiqishga tayyor ekanligini bildirdi. Mazkur masala O‘zbekiston tomonidan taklif tushgan holda ko‘rib chiqiladi, deya “Qalampir” xabar berdi.

Moskva shahar dumasining madaniyat va ommaviy kommunikasiya bo‘yicha kommisiyasining raisi Evgeniy Gerasimov Islom Karimov Rossiya-O‘zbekiston o‘rtasidagi munosbatlarning rivoji uchun ko‘plab ishlarni amalga oshirganini aytib o‘tdi. Siyosatchiga qo‘yiladigan haykal u qilgan ishlari uchun hurmat belgisi sifatida xizmat qiladi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Karimovning haykali Moskva shahridagi O‘zbekiston elchixonasi oldida o‘rnatilishi mumkin.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.