Putin KXDRning yadroviy davlat bo‘lishiga oid qarashini ma’lum qildi


Rossiya Shimoliy Koreya yadro sinovlari bilan bog‘liq vaziyatni muzokaralar davrasida hamda mintaqadagi qarama-qarshilikka barham berish yo‘li bilan hal etish tarafdori. Bu haqda, Rossiya prezidenti Vladimir Putin, janubiy koreyalik hamkasbi Pak Kin Xe bilan Vladivostokda o‘tkazgan muloqotidan so‘ng bayonot bergan, deyiladi \"Kun\" nashrida.
«Ta’kidlamoqchimanki, bizning mamlakatlarimiz rasmiy Pxenyanning o‘z-o‘zidan yadro maqomiga ega bo‘lishini qabul qila olmaydi», — degan Putin.
Uning aytishicha, bu muammoni Janubiy-Sharqiy Osiyoda vaziyatni yumshatish doirasida hal etish lozim.
«Va, albatta, turli xil fitnalar va vaziyatni chigallashtirishdan yiroq bo‘lish kerak», — degan Putin.
Sharqiy iqtisodiy forumida ma’ruza qilgan Janubiy Koreya prezidenti Pxenyanning ballistik raketalarni uchirishi borasida o‘z tashvishini izhor qildi.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













