Pelening portreti auksionda yarim million yevroga sotildi. Xaridor hammaga tanish

16 may kuni PSJ klubi futbolchilari Artcurial kompaniyasi tomonidan o‘tkazilgan xayriya auksionida qatnashishdi.
Afsonaviy futbolchi Pelening \"Qirol\" deb nomlangan portreti 5 ming yevro boshlang‘ich narx bilan savdoga qo‘yildi.
Auksion boshida ushbu kartinaga olti kishi da’vogarlik qildi. Suratning narxi 300 ming yevroga ko‘tarilganidan so‘ng, kurashga Kilian Mbappe va Ashraf Hakimi qo‘shildi. Yakunda Kilian jamoadoshini quvib o‘tdi va Pelening portretini 520 ming yevroga sotib oldi.
Ushbu tadbirda umumiy hisobda 2,7 mln yevro mablag‘ yig‘ildi. Bu pullarning barchasi xayriya maqsadida ishlatiladi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!Afsonaviy futbolchi Pelening \"Qirol\" deb nomlangan portreti 5 ming yevro boshlang‘ich narx bilan savdoga qo‘yildi.
Auksion boshida ushbu kartinaga olti kishi da’vogarlik qildi. Suratning narxi 300 ming yevroga ko‘tarilganidan so‘ng, kurashga Kilian Mbappe va Ashraf Hakimi qo‘shildi. Yakunda Kilian jamoadoshini quvib o‘tdi va Pelening portretini 520 ming yevroga sotib oldi.
Ushbu tadbirda umumiy hisobda 2,7 mln yevro mablag‘ yig‘ildi. Bu pullarning barchasi xayriya maqsadida ishlatiladi.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













