AQSHda mushuk universitet diplomini oldi: unga “fan doktori” darajasi berildi

AQSHda mushuk universitet diplomini oldi: unga “fan doktori” darajasi berildi
May oyining so‘nggi kunlarida AQSHning Vermont shtati universitetida bitiruv marosimi bo‘lib o‘tadi. Talabalardan tashqari Maks laqabli mushuk ham universitetda tahsil olganlik haqida sertifikat — maxsus diplomga ega bo‘ladi. Mushuk ta’lim maskaniga bo‘lgan sadoqati va talabalarni psixologik jihatdan qo‘llab kelgani uchun mukofotlanadi. Bu haqda “Pravila jizni” xabar berdi.
AQSHda mushuk universitet diplomini oldi: unga “fan doktori” darajasi berildi
Foto: “Pravila Jizni”
Bundan tashqari talaba-mushuk “Doctor in Litter-ature” fan doktori darajasini ham oladi. Albatta, bularning bari hazil tariqasida tashkil qilingan. Tarjimada “Litter” — uy hayvonlarining axlati degan ma’noni bildiradi.
AQSHda mushuk universitet diplomini oldi: unga “fan doktori” darajasi berildi
Foto: “Pravila Jizni”
Qayd etilishicha, Maks Kaslton universiteti kampusida barcha talabalarning sevimli uy hayvoniga aylangan. To‘rt yil avval mushukni Eshli Dou ismli qiz topib olgan va talabalar yotoqxonasiga olib kelgan. O‘sha kundan boshlab Maks egasi Eshlining uyidan unchalik uzoq bo‘lmagan joydagi kampusga tez-tez kelishga odatlandi. Mushuk universitet ma’ruzalariga qatnashib, talabalarning yelkasiga chiqib olar, turli ekskursiyalarda ishtirok etardi.
AQSHda mushuk universitet diplomini oldi: unga “fan doktori” darajasi berildi
Foto: “Pravila Jizni”
Mahalliy telekanalga bergan intervyusida qabul komissiyasi direktorining o‘rinbosari o‘zining iliq fikrlari bilan bo‘lishdi:

\"Ekskursiyaga borishimizdan avval mushuk bizni tashqarida kutib oladi va butun sayohat davomida bizga hamrohlik qiladi\", — dedi Brendon Kennedi.
AQSHda mushuk universitet diplomini oldi: unga “fan doktori” darajasi berildi
Foto: NBC News
Universitet pedagoglarining so‘zlariga ko‘ra, Maks talabalarga materialni o‘zlashtirishda ruhan yordam beradi:

\"Har safar derazadan tashqariga qaraganimda, talabalar Maksni ko‘riboq telefonini chetga qo‘yadi va mushukka e’tiborini qaratadi. U universitetimiz yulduziga aylandi\", — dedi Karyera va innovatsiyalarni rivojlantirish bo‘yicha direktor Jessika Dunkan.
AQSHda mushuk universitet diplomini oldi: unga “fan doktori” darajasi berildi
Foto: NBC News
Mushuk egasi Eshlining aytishicha, o‘quv yili nihoyasiga yetayotganidan Maks juda xafa. U albatta kampusga yana kelib turadi va talaba do‘stlarini keyingi o‘quv yilida kutib oladi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.