Pavel Durov so‘nggi 2 yil davomida 180 dollarlik smartfondan foydalanganini aytdi

Pavel Durov so‘nggi 2 yil davomida 180 dollarlik smartfondan foydalanganini aytdi
Foto: Instagram
VKontakte va Telegram tarmoqlari asoschisi Pavel Durov so‘nggi ikki yil davomida asosiy gadjet sifatida qiymati 180 dollar bo‘lgan Samsung Galaxy A52 5G smartfonidan foydalanib kelayotganini aytdi. Bu haqda milliarder o‘zining rasmiy Telegram kanalidagi sahifasida ma’lum qildi.

Qurilma Dubay quyosh nuri ostida qolib, kuyib qolgan. Suratga qaraganda, smartfonning orqa paneli chiqib ketganga o‘xshaydi. Ehtimol, bunga batareyaning shishib ketishi sabab bo‘lgan.

Telegram foydalanuvchilarining aksariyati aynan shu rusumli smartfondan foydalangani uchun men ham Samsung smartfonini tanladim”, — dedi Durov.
Pavel Durov so‘nggi 2 yil davomida 180 dollarlik smartfondan foydalanganini aytdi
Foto: Pravila Jizni
Smartfon orqali u messenjer xizmatini yaxshilash hamda foydalanuvchilar ishlash prinsipi, tajribasini yaxshiroq tushunishni maqsad qilgan.

Tez orada yangi telefon olishim kerakka o‘xshaydi”, — deb yozadi tadbirkor.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.