Shavkat Mirziyoyev Ostonaga yetib bordi

Shavkat Mirziyoyev Ostonaga yetib bordi
Foto: Prezident matbuot xizmati
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev davlat tashrifi bilan Qozog‘istonga yetib bordi.

Ostona xalqaro aeroportida davlat rahbarini Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev kutib oldi.

Ertaga ikki mamlakat yetakchilari raisligida Oliy davlatlararo kengashning birinchi majlisi bo‘lib o‘tadi.

Muzokaralar chog‘ida O‘zbekiston-Qozog‘iston strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini chuqurlashtirish, siyosat, savdo-iqtisodiyot, investitsiya, transport-kommunikatsiya, energetika, qishloq xo‘jaligi va madaniy-gumanitar sohalardagi hamkorlikni kengaytirish masalalari atroflicha muhokama qilinadi.

Dasturga muvofiq, Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining Maslahat uchrashuvi va \"Markaziy Osiyo + Yaponiya\" formatidagi muloqotda ishtirok etish ham rejalashtirilgan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.