Nyu-Yorkda O‘zbekiston va Portugaliya o‘rtasida iqtisodiy hamkorlik to‘g‘risida bitim imzolandi

Nyu-Yorkda O‘zbekiston va Portugaliya o‘rtasida iqtisodiy hamkorlik to‘g‘risida bitim imzolandi
Foto: TIV
O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Nyu-York shahrida Portugaliya davlat vaziri va tashqi ishlar vaziri Paulo Ranjel bilan uchrashdi.

\"Portugaliya Davlat vaziri va tashqi ishlar vaziri Paulo Ranjel janoblari bilan birgalikda O‘zbekiston va Portugaliya o‘rtasida Iqtisodiy hamkorlik to‘g‘risidagi Bitimni imzoladik\", – deb yozdi O‘zbekiston TIV rahbari.

Ushbu hujjat savdo va investitsiyaviy hamkorlikni sezilarli darajada mustahkamlashga yordam beradi.

Uchrashuv davomida ikki tomonlama va global kun tartibidagi qator mavzular ham muhokama qilindi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.