Afg‘onistonda 100dan ortiq kishi "Tolibon" asirligidan qutqarildi

Afg‘onistonda 100dan ortiq kishi "Tolibon" asirligidan qutqarildi
Afg‘onistonda 100dan ortiq kishi "Tolibon" asirligidan qutqarildi

Afg‘oniston maxsus xizmatlarining maxsus topshiriqli bo‘linmalari \"Tolibon\" harakati nazoratidagi qamoqxonadan 100 nafardan ortiq mahbusni ozod qildi. Bu haqda \"Kun\" nashri xabar bermoqda.

\"Afg‘oniston xavfsizlik kuchlari G‘ilmon viloyatidagi \"Tolibon\" qamoqxonasidan 101 kishini ozodlikka chiqardi\", — deyilgan agentlikning tvitterdagi rasmiy sahifasida.

Afg‘onistondagi vaziyat 2015 yilning yozidan boshlab sezilarli darajada yomonlashdi. Avvallari mamlakatning tog‘li hududlarida harakatlangan \"Tolibon\" harakati yirik shaharlarga hujum qila boshladi. Qolaversa, 2015 yili mamlakatda IShID terrorchilik tashkilotining ta’siri kuchayib, jangarilarning yangi guruhlari paydo bo‘ldi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.