Pekin AQSHni “yagona Xitoy” tamoyiliga qat’iy amal qilishga chaqirdi

Foto: Missouri State
Qo‘shma Shtatlar Tayvan bilan munosabatlarida “yagona Xitoy” tamoyiliga qat’iy amal qilishi kerak, deya Xitoy tashqi ishlar vaziri Van I ma’lum qildi. Uning fikricha, bu Vashington va Pekin o‘rtasidagi diplomatik munosabatlarning asosidir.
“Agar Qo‘shma Shtatlar haqiqatan ham Tayvan bo‘g‘ozida tinchlik va barqarorlikka umid qilsa, u \"yagona Xitoy\" tamoyiliga rioya qilishi, uchta qo‘shma kommyunikeni amalga oshirishi, Tayvanni qurollantirishni to‘xtatishi, \"Tayvan mustaqilligi\"ga ommaviy ravishda qarshi chiqishi va Xitoyning tinch yo‘l bilan birlashishini qo‘llab-quvvatlashi kerak”, dedi Van I AQSH davlat kotibi Entoni Blinken bilan BMT Bosh Assambleyasining 79-sessiyasi doirasidagi uchrashuvda.
Xitoylik vazirning ta’kidlashicha, “Tayvan bo‘g‘ozidagi hozirgi vaziyatning eng katta xavfi - bu orolning mustaqilligini e’lon qilgan Tayvan rahbari Lay Sindening tobora o‘zini tuta olmaydigan xatti-harakatlari”dir.
“Tayvan mustaqilligi” Tayvan bo‘g‘ozida tinchlik o‘rnatish bilan mos kelmaydi”, deya qo‘shimcha qilgan xitoylik diplomat.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!Qo‘shma Shtatlar Tayvan bilan munosabatlarida “yagona Xitoy” tamoyiliga qat’iy amal qilishi kerak, deya Xitoy tashqi ishlar vaziri Van I ma’lum qildi. Uning fikricha, bu Vashington va Pekin o‘rtasidagi diplomatik munosabatlarning asosidir.
“Agar Qo‘shma Shtatlar haqiqatan ham Tayvan bo‘g‘ozida tinchlik va barqarorlikka umid qilsa, u \"yagona Xitoy\" tamoyiliga rioya qilishi, uchta qo‘shma kommyunikeni amalga oshirishi, Tayvanni qurollantirishni to‘xtatishi, \"Tayvan mustaqilligi\"ga ommaviy ravishda qarshi chiqishi va Xitoyning tinch yo‘l bilan birlashishini qo‘llab-quvvatlashi kerak”, dedi Van I AQSH davlat kotibi Entoni Blinken bilan BMT Bosh Assambleyasining 79-sessiyasi doirasidagi uchrashuvda.
Xitoylik vazirning ta’kidlashicha, “Tayvan bo‘g‘ozidagi hozirgi vaziyatning eng katta xavfi - bu orolning mustaqilligini e’lon qilgan Tayvan rahbari Lay Sindening tobora o‘zini tuta olmaydigan xatti-harakatlari”dir.
“Tayvan mustaqilligi” Tayvan bo‘g‘ozida tinchlik o‘rnatish bilan mos kelmaydi”, deya qo‘shimcha qilgan xitoylik diplomat.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













