Dunyodagi eng noodatiy poyabzallar (foto)

Dunyodagi eng noodatiy poyabzallar (foto)
Zamonaviy dizaynerlar ijodkorlik va kreativlikda hech qanday chegarani bilmaydi va bugungi kunda g‘ayrioddiy moda namunalari bilan barchani lol qoldiradi. Quyida sizga dunyodagi eng noodatiy ko‘rinishda bo‘lgan dizaynerlik poyabzallar ro‘yxatini taqdim etamiz.

Vafli poyabzallari
Dunyodagi eng noodatiy poyabzallar (foto)
Foto: Europa Plus
Amerikaning muzlatilgan vaflilar ishlab chiqaruvchi brendi Eggo o‘zining yangi turdagi Eggo Fully Loaded Kicks nomli shirinligini taqdim etdi. Krossovka shaklidagi vafli haqidagi xabarlar ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokamaga sabab bo‘ldi.
Dunyodagi eng noodatiy poyabzallar (foto)
Foto: Europa Plus
Ushbu “shirinlik” qo‘l mehnati mahsuli bo‘lib, har biri alohida dizaynga ega. Mazkur loyihaga “poyabzallar jarrohi” nomi bilan tanilgan los-anjeleslik dizayner Dominik Chambrone hamkorlik qildi. U Pizza Hut va Jack Daniel\'s kabi mashhur brendlar uchun innovatsion dizaynlar ishlab chiqqan.

Oyoqlarni uqalovchi xususiyatga ega krossovka
Dunyodagi eng noodatiy poyabzallar (foto)
Foto: Europa Plus
Dunyoda sport mahsulotlarini ishlab chiqarish bo‘yicha eng yirik kompaniyalardan biri bo‘lgan Nike o‘z iste’molchilarini hayratda qoldirishdan to‘xtamaydi. Kompaniya bir necha yillar davomida sportchilar qulayligi uchun yangi mahsulot ishlab chiqarish ustida izlandi va salomatlik texnologiyalari bilan ish olib boruvchi yirik korxona — Hyperice bilan hamkorlikda noodatiy qurilmani taqdim etdi.
Dunyodagi eng noodatiy poyabzallar (foto)
Foto: Europa Plus
Oyoqlarni uqalovchi maxsus poyabzal bo‘lib, u uch xil rejimda ishlaydi. Krossovkalar badantarbiya vaqtida oyoq to‘pig‘idan tortib barmoqlargacha uqalaydi. Qurilma batareya orqali quvvat oladi. Qulay jihati shundaki, har bir poyabzaldan alohida foydalanish mumkin

Yonayotgan krossovka
Dunyodagi eng noodatiy poyabzallar (foto)
Foto: Europa Plus
Airei nomli Amerika brendi Asics poyabzallar ishlab chiqaruvchi kompaniya bilan hamkorlikda Gel-Quantum Kinetic krossovkalarining cheklangan kolleksiyasini taqdim etdi.
Dunyodagi eng noodatiy poyabzallar (foto)
Foto: Europa Plus
Poyabzallar Sharqiy Hindistonda elektrsiz kuygan matodan ishlab chiqarilgan. Har bir krossovka uchun o‘ziga xos dizayn berish maqsadida matolar alohida kuydirib chiqilgan. Airei konsepsiyasiga ko‘ra, olov oliyjanob ishni bajarish, kuygan chandiqlar esa qiyinchiliklarni yengishni anglatadi.

Smartfon orqali boshqariladigan krossovka
Dunyodagi eng noodatiy poyabzallar (foto)
Foto: Europa Plus
Samsung kompaniyasi smartfonni imo-ishoralar orqali boshqarish imkonini beruvchi futuristik “Shortcut Sneaker” krossovkasi bilan ham mashhur.
Dunyodagi eng noodatiy poyabzallar (foto)
Foto: Europa Plus
Krossovka tagida harakat datchiklari o‘rnatilgan bo‘lib, ular qo‘ng‘iroq qilish yoki musiqani yoqish kabi smartfonning ma’lum funksiyalarini faollashtiradi. Misol uchun, agar foydalanuvchi Maykl Jeksonning “oyda yurish” raqs harakatini (orqaga surilish) amalga oshirsa, smartfon musiqa ijro etadi. Yoki ikkita tovon bir-biriga tegilsa, avvaldan tanlab olingan biror raqamga qo‘ng‘iroq qilinadi.

Xushbo‘ylantirilgan krokslar
Dunyodagi eng noodatiy poyabzallar (foto)
Foto: Europa Plus
Issiq havo har qanday krossovkaning dushmanidir. Shu sababli yoz faslida aynan kroks poyabzallari urfda bo‘lmoqda. Crocs kompaniyasi Bath & Body Works bilan hamkorlikda xushbo‘y hidli shippaklar ishlab chiqardi. Aynan kroskslarga taqiladigan maxsus jibbitslar yoqimli ifor taratadi.

Tufli shaklidagi tort
Dunyodagi eng noodatiy poyabzallar (foto)
Foto: Europa Plus
Dunyodagi eng noodatiy poyabzallar (foto)
Foto: Europa Plus
Dizayner Tal Maslavi moda olamiga katta qiziqish bildirgan va shirinliksevar insonlar uchun ajoyib narsa ixtiro qildi. Mazkur ikki mashg‘ulotni sevuvchilar uchun tufli ko‘rinishidagi shirinliklarni ishlab chiqardi.

Ayiq panjalari ko‘rinishidagi shippaklar
Dunyodagi eng noodatiy poyabzallar (foto)
Foto: Europa Plus
Dunyodagi eng noodatiy poyabzallar (foto)
Foto: Dzen
Nyu Yorkdagi Bravest Studios brendi Bear Claw (ayiq panjalari) nomli noodatiy shippaklarni taqdim etdi. Oyoq kiyim ko‘rinishidan ayiqning panjalariga o‘xshaydi. Ular yuqori sifatli jundan tayyorlanib, o‘tkir tig‘li metall tirnoqlarga ega.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.