Turkiya poytaxtida portlash va otishma yuz berdi

Turkiya poytaxtida portlash va otishma yuz berdi
Turkiyaning TUSAŞ aerokosmik kompaniyasining Anqara yaqinidagi shtab-kvartirasi yaqinida kuchli portlash sodir bo‘ldi, deya xabar bermoqda mamlakat rasmiylari va turk OAVlari.

Turkiya Ichki ishlar vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, voqea natijada halok bo‘lganlar va jarohatlanganlar bor. Lekin ularning aniq soni haqida hozircha ma’lumot yo‘q. Rasmiylar voqeani terakt deb atadi.

«Turkiya aerokosmik sanoatiga qarshi terakt uyushtirildi. Afsuski, o‘lganlar va yaradorlarimiz bor», — deb yozgan ichki ishlar vaziri Ali Yerlikaya X ijtimoiy tarmog‘ida.

Mahalliy OAV shuningdek, TUSAŞ ofisi yaqinidagi otishma haqida yozmoqda.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.