Kanadalik 59 yoshli ayol 1575 marta “otjimaniya” qilib jahon rekordini o‘rnatdi

Kanadalik 59 yoshli ayol 1575 marta “otjimaniya” qilib jahon rekordini o‘rnatdi
Foto: Championat
Kanadalik 59 yoshli Donna-Jan Uayld Ginnesning Rekordlar kitobiga bir soat ichida 1575 marta “otjimaniya” qilgani uchun kiritildi.

U o‘z farzandlari va nevaralariga motivatsiya bo‘lishga harakat qilayotganini aytadi. U nafaqadagi sportchi bo‘lsa-da, faol turmush tarzini davom ettirib, yangi cho‘qqilarni zabt etmoqda.

Donnaning 12 nafar nevarasi bor. Ularning hammasi buvisini qo‘llab-quvvatlash uchun keldi.

Baxt ko‘z yoshlarini yashirib, oldinga harakat qilishimga to‘g‘ri keldi”, dedi Uayld.

Dastlabki 20 daqiqada Donna-Jan 620 marta “otjimaniya” qildi, so‘ng bir oz sekinlashdi. U Ginnesning Rekordlar kitobi vakillariga 2024 yil boshida yugurish bo‘yicha jahon rekordini yangilashga tayyorgarlik ko‘rish paytida “otjimaniya”ga oshiq bo‘lganini so‘zlab berdi. O‘shanda u kuniga 500 marta “otjimaniya” qilgan. Bu esa mukammal jismoniy formaga kirishiga yordam bergan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.