Milliarder Jared Ayzekman NASA rahbari bo‘lishi mumkin

Milliarder Jared Ayzekman NASA rahbari bo‘lishi mumkin
Donald Tramp milliarder Jared Ayzekman nomzodini NASA rahbarligiga taklif qildi. Ayzekman — ochiq kosmosga chiqqan professional bo‘lmagan ilk astronavt.

Tramp uni «tajribali tadbirkor, saxovatpesha, uchuvchi va astronavt», deb ta’rifladi. O‘z navbatida, Ayzekman NASA rahbarligi uchun nomzod bo‘lish uning uchun katta sharaf ekanini ma’lum qildi.

41 yoshli Jared Ayzekman — to‘lovlar bilan ishlovchi Shift4 Payments kompaniyasining asoschisi. 2024 yilning sentyabrida SpaceXning ilk tijoriy — Polaris missiyasi tarkibiga kiritilgan; u loyiha homiylaridan edi. Forbes Ayzekman boyligini 1,7 milliard dollar deya baholagan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.