Bashar Asadning jallodi general Muhammad Kanjo Hasan Suriyada qoʻlga olindi (foto)

Bashar Asadning jallodi general Muhammad Kanjo Hasan Suriyada qoʻlga olindi (foto)
Suriya yangi hukumatining xavfsizlik kuchlari general Muhammad Kanjo Hasanni qoʻlga tushirdi, deb xabar berdi BILD nashri.

Mahkumlar qiynoqqa solinib, ommaviy qatl etilishi bilan tanilgan mash'um Said Nayo qamoqxonasida koʻplab oʻlim hukmlari bevosita general Muhammad Kanjo Hasan tomonidan chiqarilgani aytilmoqda.
Bashar Asadning jallodi general Muhammad Kanjo Hasan Suriyada qoʻlga olindi (foto)
Foto: BILD
Muhammad Kanjo Hasanni qoʻlga tushirish amaliyoti davomida 17 kishi halok boʻlgan, shundan 3 nafari sobiq tuzum va 14 nafari yangi hukumat odamlari boʻlgan.

Prezident Bashar Asad davrida general Hasan Suriya mudofaa vazirligiga boʻysunuvchi harbiy sud tizimi direktori lavozimida ishlagan. Ta'kidlanishicha, xizmat mavqeidan foydalanib, mahkumlarning oila a'zolaridan pul undirib, katta boylik toʻplagan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.