Politico 2025 yilning ehtimoliy voqealari roʻyxatini tuzdi

Politico 2025 yilning ehtimoliy voqealari roʻyxatini tuzdi
Politico nashri 2025 yil «qora oqqushlari» roʻyxatini taqdim etdi.

«Qora oqqushlar» — hozircha yuz bermagan, ammo amalga oshishi mumkin boʻlgan oldindan aytish qiyin va kutilmagan voqealar.

Politico nashri roʻyxati jami 15 ta prognozdan iborat, ularning ayrimlari quyida keltirilgan:
  • Trampning Si Szinpin bilan ittifoqi, shuningdek, ularning Ukraina kelishuvi boʻyicha Putin bilan hamkorligi;
  • Lukashenkoning agʻdarilishi;
  • AQShda misli koʻrilmagan epidemiya;
  • Shtatlar chegaralarining oʻzgarishi bois AQShda toʻqnashuvlar;
  • Eron yadroviy quroli borasida AQSh, Rossiya, Eron va Isroil oʻrtasida maxfiy kelishuv hamda Tehron va Tel-Aviv oʻrtasidagi urushning oldi olinishi;
  • Bozorlarning qulashi va global vahima;
  • Janubiy Koreyaning maxfiy yadroviy qurol dasturi;
  • Kutilmagan geosiyosiy ittifoqlar va oʻzgarishlar;
  • Kvant hisoblashlar (kompyuterlar) sohasida ulkan sakrash;
  • Tarixdagi eng yirik kiberhujum.

Yaqinda Financial Times ham 2025 yil uchun oʻz prognozlarini e'lon qilgandi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.