Eron yangi turdagi ballistik raketa va havo hujumidan mudofaa tizimini namoyish etdi

Eron yangi turdagi ballistik raketa va havo hujumidan mudofaa tizimini namoyish etdi
Eron prezidenti Mas\'ud Pizishkiyon 2 fevral kuni E’temad («Ishonch») nomli yangi ballistik raketasi va Bavar 373-II havo hujumidan mudofaa tizimi bilan tanishdi, deb xabar beradi Tasnim agentligi.

Qayd etilishicha, taqdimot Eron Mudofaa vazirligi huzuridagi aerokosmik tashkilot koʻrgazmasida boʻlib oʻtgan.

Agentlik ma\'lumotlariga koʻra, yangi turdagi havo hujumidan mudofaa (HHM) tizimi 300 kilometrgacha radiusni qamrab oladi, bir vaqtning oʻzida 60 ta nishonni kuzatishi va oltita nishon bilan ishlashga qodir.
Eron yangi turdagi ballistik raketa va havo hujumidan mudofaa tizimini namoyish etdi
Foto: Tasnim
Modernizatsiya qilingan ushbu HHM tizimi alohida radiolokatsion qurilmalar bilan jihozlangan boʻlib, bu uning markaziy radardan mustaqil ravishda ishlay olishini ta\'minlaydi. Bavar 373ʼning dastlabki versiyasi 320 kilometr radiusdagi nishonni aniqlab, raketasini 200 kilometr uzoqlikka uchira olardi. Takomillashtirilgan Bavar 373-II esa 300 kilometrgacha uzoqlikdagi nishonni ishgʻol etishga qodir.

E’temad ballistik raketasining uzunligi esa 16 metrni tashkil etadi va 1,7 ming kilometr uzoqlikka ucha oladi. U nishonni yuqori aniqlikda yakson qilishga moʻljallangan jangovar kallak bilan jihozlangan.

Avvalroq Eron uchish masofasi 20 kilometrgacha boʻlgan yangi kamikadze Rezvan dronini yaratgani, shuningdek, katta miqdordagi Ababil-4, Ababil-5 va Arash hujumkor dronlarini sotib olishni rejalashtirayotgani toʻgʻrisida xabar berilgandi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.