Rossiyada choyxonada portlash sodir boʻldi, oʻzbekistonliklar jabrlangani aytildi

Rossiyada choyxonada portlash sodir boʻldi, oʻzbekistonliklar jabrlangani aytildi
Rossiyaning Leningrad viloyati, Ust-Luga qishlogʻidagi ikki qavatli choyxonada portlash va yongʻin yuz berdi. Bu haqda «78.ru» xabar berdi.

Qayd qilinishicha, hodisa 16 fevral kuni yuz bergan. Ust-Luga qishlogʻidagi ikki qavatli choyxonada gaz balloni portlashi oqibatida yongʻin chiqqan. Ballon portlagandan soʻng yongʻin butun choyxona binosini qamrab olgan. Dastlab, toʻrt kishi tan jarohati olib, ogʻir ahvolda shifoxonaga etkazilgan. Keyinchalik ularning soni 6 nafarga etgan. Dastlabki ma'lumotlarga koʻra, ular Oʻzbekiston fuqarolaridir.
Rossiyada choyxonada portlash sodir boʻldi, oʻzbekistonliklar jabrlangani aytildi
Prokuratura yongʻin surishtiruv ishlarini boshlab, qonunbuzarliklar aniqlansa, chora koʻrishga va'da bergan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.