Quyoshda kuchli chaqnashlar kuzatildi

Quyoshda kuchli chaqnashlar kuzatildi
Bugun, 25-may kuni, Quyoshda ikkita kuchli chaqnash sodir bo‘ldi: biri X sinfiga, ikkinchisi M sinfiga mansub. Bu haqda Rossiyaning Fedorov nomidagi Amaliy Geofizika Instituti xabar bermoqda.

Institut ma\'lumotlariga ko‘ra, Moskva vaqti bilan soat 04:52 da Quyoshning 4098 (S05W22) dog‘lar guruhida rentgen diapazonida 17 daqiqa davom etgan X1.1 kuchlanishli chaqnash qayd etilgan.

Shuningdek, Moskva vaqti bilan soat 09:35 da 11 daqiqa davom etgan M sinfiga mansub chaqnash ham kuzatilgan.

Ma\'lumot uchun, Quyosh chaqnashlari rentgen nurlanishining intensivligiga qarab besh toifaga bo‘linadi: A, B, C, M va X. X sinfiga mansub chaqnashlar eng kuchli hisoblanib, ular kuchli geomagnit bo‘ronlarni keltirib chiqarishi mumkin.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Charos
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.