Qirg‘iziston prezidenti O‘zbekistonga kelmoqda

Qirg‘iziston prezidenti O‘zbekistonga kelmoqda
Qirg‘iziston prezidenti O‘zbekistonga kelmoqda

Qirg‘iziston prezidenti Almazbek Atambaev O‘zbekistonga ishchi tashrifi bilan kelmoqda. 24 dekabr kuniga mo‘ljallangan tashrif davomida O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bilan uchrashuv o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Bu haqda Kun.uz sayti xabar berdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, ikki davlat rahbarlari tor va kengaytirilgan doirada uchrashuv o‘tkazishadi. Kun tartibiga ko‘plab masalalar qo‘yilishi kerak. «Shuni ta’kidlab o‘tish joizki, janob Shavkat Mirziyoyevning Almazbek Atambaev bilan uchrashuvi – yangi Prezidentning xorij davlat rahbari bilan ilk uchrashuvidir», - dedi S.Isoqov.

Uning ta’kidlashicha, Almazbek Atambaev tashrif davomida Islom Karimov qabrini ham ziyorat qiladi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.