Xitoyda skuter haydovchisining boshi svetoforga borib urildi

Xitoyda skuter haydovchisining boshi svetoforga borib urildi

Xitoyda skuter haydovchisining boshi svetoforga borib urildi
Xitoyning Chengdu shahrida kutilmagan yo‘l harakati hodisasi sodir bo‘ldi va ijtimoiy tarmoqlarda tez tarqaldi. Elektr skuter haydab ketayotgan yigit muvozanatni yo‘qotib, vaqtincha o‘rnatilgan svetoforga borib urildi. Tasodifan uning boshi yashil chiroq ichiga kirib qoldi.

Holat joyiga qutqaruvchilar yetib kelib, qariyb 40 daqiqa davomida metall konstruksiyani ehtiyotkorlik bilan kesishdi. Shundan keyin jabrlanuvchi «ozod» qilindi va kasalxonaga olib ketildi. Hozirda uning ahvoli qoniqarli ekani aytilmoqda.

Shifokorlar ta’kidlashicha, qaltis holatga qaramay, yigit yengil jarohat olgan. Voqea ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokama qilindi. Foydalanuvchilarning ba’zilari uni yashil chiroqqa qiyoslagan bo‘lsa, boshqalar bunaqa baxtsiz hodisadan omon qolishni kamdan-kam omad deb baholagan.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nigina Zarqarayeva
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.