Trampning G‘azo rejasi


AQSh prezidenti Donald Tramp Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu bilan uchrashuvda G‘azodagi urushni tugatishga qaratilgan 20 bandlik rejani taqdim etdi.
Rejada janglarni to‘xtatish, Isroil qo‘shinlarini qisman olib chiqish hamda garovdagilar va mahbuslarni almashish nazarda tutilgan.
Hamas vakillari shartlar Falastin manfaatlarini himoya qilmasligini aytmoqda. Netanyaxu rejani qo‘llab-quvvatladi, biroq uning siyosiy uyushmasida qarshi fikrlar bor.
Yevropa va arab davlatlari tashabbusni muhim deb baholashmoqda. Ammo tomonlarning siyosiy kelishmovchiliklari rejani amalga oshirishni qiyinlashtirishi mumkin.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













