Fransiya poytaxtida portlash: mashina butunlay yonib ketdi


Parij markazida joylashgan Fransiya bosh vaziri qarorgohi yaqinida avtomobil portladi, deb xabar berdi Parisien nashri. Ma’lumotlarga ko‘ra, portlashdan so‘ng transport vositasi butunlay yonib ketgan.
Hodisa vaqtida binoda bosh vazir lavozimidan yaqinda iste’foga chiqqan Sebasten Lekornyu o‘z siyosiy hamkasblari bilan uchrashuv o‘tkazayotgan bo‘lgan. Portlash oqibatida jabrlanuvchilar haqida ma’lumot berilmagan.
Eslatib o‘tamiz, kecha, 6 oktyabr kuni Lekornyu Fransiya prezidenti Emmanuel Makronga iste’foga chiqish to‘g‘risida ariza taqdim etgan edi. Hozirda portlash sabablari bo‘yicha surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













