Ruhiy nosog‘lom deb topilgan mahbus 81 yoshida qamoqxonada jon taslim qildi


AQSHda 42 yil davomida o‘lim jazosini kutgan mahkum tabiiy sabablarga ko‘ra vafot etdi, deb xabar berdi Janubiy Karolina axloq tuzatish departamenti.
Ma’lumotlarga ko‘ra, 81 yoshli Fred Singlton 1983 yilda zo‘rlash, qotillik va o‘g‘irlikda ayblanib, elektr kursida qatl etish hukmi chiqarilgan edi. Ammo uning ruhiy holati qatl etish uchun mos kelmasligi bois, jazo ijro etilmagan.
Sud ruhiy muammolar tufayli uni dori qabul qilishga majburlash mumkin emasligini ta’kidlagan. Singlton Janubiy Karolinada o‘lim jazosini eng uzoq muddat kutgan mahbus sifatida qayd etilgan.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













