Gretsiyada toshli sohilga urilgan qayiq ikki ayolning umriga zomin bo‘ldi


Payshanba oqshomida Gretsiyaning Xios oroli yaqinida muhojirlarni tashayotgan qayiq toshli qirg‘oqqa urilib, halokatga uchradi. Voqea natijasida ikki nafar muhojir halok bo‘lgani ma’lum qilindi.
Gretsiya qirg‘oq qo‘riqlash xizmatiga ko‘ra, yordam guruhlari jami 5 nafarni suvdan qutqarishga muvaffaq bo‘ldi. Ulardan ikki nafari hushsiz holda bo‘lgan. Quruqlikda davom etgan qidiruv ishlari natijasida yana 24 kishi topilib, qutqarib qolindi.
Jami 12 nafar jabrlanuvchi Xios orolidagi kasalxonaga yetkazilgan. Afsuski, ulardan ikki nafari — ayol kishi hayotdan ko‘z yumdi. Ramsiylar hozirda halokat sabablarini o‘rganmoqda.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













