Xitoydagi konda portlash oqibatida 5 kishi halok bo‘ldi


Xitoyning Xenan viloyatidagi ko‘mir konida yuz bergan portlash oqibatida 5 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda Kun.uz xabar berdi.
Qutqaruvchilarning aytishicha, portlash yuz bergan vaqtda tunnelda 50 dan ko‘proq konchi bo‘lgan. Ulardan 7 nafari hali ham vayronalar ostida qolmoqda. Voqea joyiga tez yordam mashinalari va mahalliy hokimiyat organlari vakillari etib kelganlar. Voqea tergov qilinmoqda.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













