Shveytsariya milliarderining O'zbekistonga qiziqishi

Shveytsariya milliarderining O'zbekistonga qiziqishi
Shveytsariyalik milliarder va Gunvor kompaniyasi asoschisi Torbyorn Tornkvist "Lukoyl"ning xalqaro aktivlarini, jumladan Markaziy Osiyodagi aktivlarini sotib olishi mumkin. Bu haqda xorijiy ommaviy axborot vositalari xabar bermoqda.

Hozirda aktivlarni sotib olish masalasi London va Vashington tomonidan ko'rib chiqilmoqda. Bitim qiymati 20 milliard AQSh dollariga baholanmoqda.

Agar Tornkvist ushbu bitimni amalga oshira olsa, u jahon neft bozoridagi tartibni tubdan o'zgartirishi mumkin. Ommaviy axborot vositalarining xabar berishicha, Rossiya va shveytsariyalik milliarder muzokaralarni juda tez yakunlagan, tomonlarga atigi uch kun kerak bo'lgan.

Ta'kidlash joizki, "Lukoyl" O'zbekistonda ham aktivlarga ega bo'lib, kompaniyaning respublikadagi eng yirik loyihasi Qandim gazni qayta ishlash majmuasidir. Ushbu majmua yiliga 8,1 milliard kubometr gazni qayta ishlash quvvatiga ega.

Hozircha London va Vashington mazkur bitimga ruxsat bermagan, ammo manbalarning ta'kidlashicha, kelishuv amalga oshishi kutilmoqda.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Abror Shuhratov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.