Misrdagi blokpostga jangarilar tomonidan hujum uyushtirildi


Misrning Sinay yarim orolidagi Al Arish shahri hududida joylashgan blokpostlardan biriga jangarilar hujum uyushtirgan. Buning oqibatida 6 nafar polisiya xodimi halok bo‘lib, yana 10 nafari yaralangan, deb xabar qilmoqda \"Kun.\" nashri.
\"Assoshieyted Press\" agentligiga ko‘ra, xudkush-terrorchi mina to‘ldirilgan avtomobilni binoga keltirib urgan.
Misr armiyasi ikki yildan ortiqroq vaqtdan beri Sinay yarimoroli shimolida aksilterror amaliyotini o‘tkazib keladi. Mintaqaning borish qiyin bo‘lgan hududlarida ekstremistlar joylashib olgani ta’kidlanadi.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













